oqim
bilan ulashing
1. Maʼlum bir tomonga oqayotgan suv, suyuqlik yoki gaz jarayoni.
-
Issiq oqim. Sovuq oqim. Gaz oqimi.
-
Rashid qayiqni oqim ixtiyoriga qoʻyib yubordi. Shuhrat, Shinelli yillar
2. Shunday jarayon yoʻnalgan tomon, yoʻnalish.
-
Azizxon ariqqa tushganda, besh-olti yigit oqimga qarshi suvni shaloplatib suzib yurishardi. S. Ahmad, Ufq
-
Chavandoz otini orqaga burib, suv oqimiga qarab ketdi va yuz qadamcha yurgandan keyin yuganini tortib, qamchi urdi. H. Gʻulom, Mashʼal
3. fizika Berilgan sirtdan vaqt birligi ichida oʻtayotgan toʻliq energiya miqdori.
-
Yorugʻlik oqimi. Elektronlar oqimi. Magnit oqimi.
4. koʻchma Maʼlum bir tomonga yoʻnalgan kishi yoki narsalar jarayoni.
-
Odamlar oqimi. Xatlar oqimi.
-
Maydon atrofidagi koʻchalarda, parklarda xalq oqimi toshar, chayqalar edi. Oybek, Nur qidirib
-
Pul oqimini Aliqulning oʻzi boshqarardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Yomgʻir sharros quyar, koʻchadagi yoʻlovchilar soyabon ostida shoshilib qadam tashlar, ulkan mashinalar oqimi yomgʻir selini shirillatib kesib borardi. A. Nurmurodov, Urush
5. koʻchma Ijtimoiy faoliyat, ilm-fan, nazariya va shu kabilarning biror sohasidagi yoʻnalishi; qarash.
-
Reaksion oqim. Siyosiy oqim. Zamon oqimi.
-
Yoshlar hali oqim sifatida oʻzlarini namoyon qila olganlari yoʻq. Gazetadan
oqim soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gapning oqimi
-
Saidgʻozi buni darrov payqadi, gapning oqimini oʻzgartirdi. S. Anorboyev, Oqsoy
Oqimga qarshi yurmoq (yoki suzmoq)
OQIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОҚИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oqim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar