kattalik
bilan ulashing
1. Hajm, koʻlam, daraja va shu kabilar jihatdan meʼyoridan ortiqlik; katta holat.
-
Hovuzning kattaligi. Yutuqning kattaligi. Vazifaning kattaligi. Yosh jihatdan kattalik.
-
Ketmonning vaznidan qatʼiy nazar, ketmonning bet kattaligini yerga chizib koʻrsatdi. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
- Nima qildi, haqiqat oldida mening kichikligim, sizning kattaligingiz bari bir emasmi? — dedi Elmurod. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Oʻzini oʻzgadan yuqori tutish; manmanlik.
-
Kattalikni bilmas bir yaxshi odam, Saxiylikda yoʻlda qolibdi Hotam. Fozil shoir
kattalik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kattalik qilmoq
-
Xalq oldida mening obroʻyimni bir pul qilib kalaka qilishga kim huquq beribdi unga?! Kattaligini qiladiganiga qilsin. P. Tursun, Oʻqituvchi
KATTALIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАТТАЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kattalik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar