katta-kichik
bilan ulashing
1. Hajman har xil, har xil kattalikdagi, turlicha.
-
Katta-kichik imoratlar. Katta-kichik daraxtlar.
-
Oʻrmonjon ayvonga chiqib, stol va karavotda turgan bir necha katta-kichik tugunlarni koʻrib hayron boʻldi. A. Qahhor, Qoʻshchi-nor chiroqlari
-
Daryo boʻyida katta-kichik koʻllar, toʻqayzorlar koʻp edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Ahamiyati, darajasi, kuchi jihatidan har xil, turli darajadagi. Katta-kichik muvaffaqiyatlar. Katta-kichik amaldorlar.
-
Bu ekspeditsiya bir yoqdan Sheralining geologiyada oʻz oʻrnini belgilab bergan boʻlsa, ikkinchi yoqdan katta-kichik olimlar diqqatini jalb etdi. S. Karomatov, Oltin qum
3. ot S. t. Turli yoshdagi kishilar; barcha, hamma, kattayu kichik.
-
Maydonga katta-kichik yigʻildi.
-
Mening yoshim olti-da Katta-kichik oldida Koʻzni qilib sham-gʻalat, Olmayman hech shokolad. Q. Muhammadiy
-
Oʻzing ham bilasan, qachon qarasang, katta-kichikka baravar, hamisha kambagʻallar foydasini koʻzlaydi. H. Shams, Dushman
KATTA-KICHIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАТТА-КИЧИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
katta-kichik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar