uyurma
bilan ulashing
Oʻralib harakat qiluvchi kuchli shamol; boʻron, girdibod; shunday shamol bilan yuqoriga koʻtarilib tushadigan mayda narsalar.
-
Toʻzon uyurmasi. Kirli uyurma.
-
Sahrodan kelgan qum uyurmalaridan oʻzlarini saqlash uchun hamma jonivorlar in-iniga berkindi, choʻl huvullab qoldi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi
-
Uyurma yer yuzini supurmoqqa qasd etganday, tikkaygan nimaiki bor, komiga tortmoqqa urinadi. N. Norqobilov, Bekatdagi oq uycha
-
Saratonda zavol topgan, qurigan xaslar osmon boʻyi uyurmada chirpirak boʻlib aylanadi. N. Norqobilov, Bekatdagi oq uycha
UYURMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЮРМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uyurma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar