kartochka
bilan ulashing
1. Qalin qogʻoz yoki kartondan toʻrt burchak qilib kesilgan, biror maʼlumot, xabar va shu kabilar yozib qoʻyiladigan varaqcha.
-
Kartochkaga misol olmoq.
-
jang-mudofaa kartochkasini chizib-yozib, hammamizni tanishtirdi T. Rustamov, Mangu jasorat
2. Kichkina karton qogʻozdan qilingan bilet shaklidagi guvohnoma, hujjat.
-
Vizit kartochkasi.
-
Murodova partiya bileti va kandidatlik kartochkalarini topshirayotgan edi. I. Rahim, Ixlos
3. tarixiy Oziq-ovqat yoki boshqa narsalar taqsimoti normalashtirilgan vaqtda shu narsalarni olish huquqini beradigan, kesib olinadigan taloni bor maxsus hujjat.
-
Qirq uchinchi yilda oziq-ovqat kartochkalari tarqatadigan idorada uning bir togʻasi ishlar edi. P. Qodirov, Uch ildiz
4. maxs. ayn. Karta 4.
-
Kartochkadan foydalanuvchilar bir qancha qulayliklarga ega boʻladilar.
kartochka soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kredit kartochkasi
-
Kredit kartochkalari chiqaradigan har bir bank, har bir kompaniya ularni olish va ulardan foydalanish qoidalarini oʻzlari belgilaydilar. Gazetadan
KARTOCHKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАРТОЧКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kartochka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar