karvon
bilan ulashing
1. Uzoq joylarga yuk va odam tashuvchi, izma-iz boruvchi hayvonlar, aravalar va ularni boshqaruvchi shaxslar toʻdasi, qatori.
-
Savdogarlar karvoni. Tuyalar karvoni. It huradi, karvon oʻtadi. Maqol
-
Yillar davomida afgʻon yerida bitgan lojuvard jahonga dong taratgan, karvonlar uni mashaqqatli yoʻl yurib, uzoq Misr, Xitoy oʻlkalariga eltardi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Oʻshalar [badaviylar] ne-ne mashaqqatlar bilan hajga kelgan-ketganlarni talar ekan. Shuning uchun hojilar yakka-dukka yurishdan qoʻrqib, karvon boʻlib yurishar ekan M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Umuman, muayyan ish, maqsad yoʻnalishidagi transport vositalari toʻdasi, qatori.
-
Mashinalar karvoni. Kemalar karvoni. Paxta karvoni.
-
Harbiy karvon hamma toʻsiqlarni yanchib, Denovdan oʻtdi. Sharq yulduzi
-
Qazuvchilar karvoni toqqa yaqinlashgan sari aravalarning gʻildiraklari tosh-shagʻallarda yana badtar gʻijirlay boshladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. koʻchma Koʻchish (yurish, uchish va shu kabilar) harakatidagi narsalar toʻdasi, qatori.
-
Koʻkda oq bulut karvonlari yalqov suzsa-da, quyosh hashamat bilan chaqnab koʻtarildi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Tiniq osmonda turnalar karvoni argʻimchoq solib oʻtib ketdi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
4. eskirgan Karvonni boshqaruvchi shaxs; karvonboshi.
-
Koʻpchilik lozim koʻrsa, karvon tuyasini soʻyar. Maqol
5. so‘zlashuv tili Aravalarda yoʻlovchi yoki yuk, mol tashish bilan shugʻullanuvchi shaxs; aravakash.
-
Shoyunus karvonda yetti oʻgʻil bor. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Bu hafta bizga yordamlashasiz-da, karvon, — dedi kulumsirab Toʻgʻon aka. A. Qodiriy, Uloqda
karvon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ogʻir karvon
KARVON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАРВОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
KARVON so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan KARVON so‘ziga berilgan ma’nolar
karvon so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
karvon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar