kasal
bilan ulashing
1. ot Organizm meʼyoriy holatini, faoliyatini buzuvchi narsa; kasallik, dard.
-
Sil kasali. Rak kasali. Tutqanoq kasali. Kasalga chalinmoq.
-
[Shokir ota:] Burungi zamonlarda Ibn Sino, Luqmon Hakim oʻtgan. Ular har bir kasalga davo topgan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Onasi oʻzining kasalini ham unutib, uning boshida parvona boʻldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Yosh boʻlganidan kasalini oʻzi sezmasa kerak. Kasali oʻqtin-oʻqtin bir koʻrinish berib qoʻyadi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. sifatdosh Organizmining meʼyoriy holati, faoliyati buzilgan, kasallikka yoʻliqqan; betob.
-
Kasal odam. Kasal mol.
-
Xotirjam ishlasin, deb kasal onasini birovning qoʻliga tashlagim kelmadi. S. Zunnunova, Olov
-
Odam organizmining kasal yoki shikastlangan aʼzolarini almashtirish uchun sunʼiy ehtiyot qismlar yaratish gʻoyasi yangilik emas. Fan va turmush
3. ot Organizmining meʼyoriy holati, faoliyati buzilgan shaxs, kasallikka yoʻliqqan shaxs; bemor.
-
[Shokir ota:] Ibn Sinoga kasalning joni chiqmagan boʻlsa, bas ekan, tuzatar ekan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ikki qavatli maktab binosi shoshilinch suratda front yoqasidan keltirilgan yarador, kasallar uchun boʻshatilmoqda. R. Fayziy, Sen yetim emassan
4. ot koʻchma Narsa yoki uning qismidagi nosogʻ, buzuq holat; nosozlik, illat.
-
Hamma kasal shundaki, siz xalq kuchiga ishonmaysiz. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
U [Erkin] mashinaga bir qarashdayoq kasalini topadi va davosini qiladi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
5. ot koʻchma Odatga aylangan ish, xatti-harakat.
-
— Saʼvani yaxshi koʻrasizmi? — Otadan qolgan kasal bu, — kulib javob berdi Yoʻldoshev. Yoshlik
-
Demak, yolgʻonchilik kasaliga mubtalo boʻlgan kishini rostgoʻy odamning qoni bilan davolasa boʻladi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
Erining toʻsatdan qaysarlik kasali tutdi. Tafakkur
6. ot koʻchma Umuman, biror narsa istagi, shunga ishtiyoq, intilish; dard.
-
Oʻzing ayt, agar menga shu kasalingni bir ogʻiz bildirsang, men qaynatangga xat yozmasmi edim A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Oilada ishning juda ishkali — Xolposhshaning kiyim-kechak kasali. Mushtum
kasal soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kasaldan turmoq (yoki bosh koʻtarmoq)
-
Kasaldan turgan har qanday odamda boʻladigan allanechuk bir ruhiy yengillik uning ham qalbini quvonchga toʻldirdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Oʻlar yaqindagina kasaldan bosh koʻtargan dardmand kishilarga oʻxshardilar. I. Rahim, Chin muhabbat
Choʻntak (yoki hamyon, kissa) kasal
-
Ammo Buxoroda oʻqimogʻim uchun hamyonim kasal edi. M. Muhamadjonov, Turmush urinishlari
-
Qalandarga borib netaman? Necha kundirki, kissam kasal. S. Siyoyev, Yorugʻlik
KASAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАСАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kasal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar