esa
bilan ulashing
1. Bogʻlama vazifasini bajaradi; boʻlsa.
-
burni bir oz beoʻxshovroq esa-da, lekin uning umuman yuz bichimi kelishgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Shaxs, narsa, hodisalar ketma-ketligida oʻzi birikib kelgan soʻz bildirgan shaxs, narsa yoki hodisani boshqalariga nisbatlab, ajratib qayd etadi.
-
Men esa uni ovuntirishga, yupatishga urinardim. Guldasta
-
Qirqinchi yillardan keyin esa umuman geologlar bormagan. S. Karomatov, Oltin qum
-
Misrda roʻy bergan mana bu voqea esa hammasidan oshib tushadi. Fan va turmush
-
Undan narida esa ustod Mirsalimov chala boʻgʻizlangan qoʻydek pixillab xurrak otardi. Guldasta
3. sheva Unday boʻlsa, u holda.
-
Esa, Oqqiz, borib sen ham koʻrib kel-chi. Ravshan
-
Choyxonachi yuziga fotiha tortib nasihat qildi: — Esa, bundayin oʻtirma S. Siyoyev, Yorugʻlik
ESA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭСА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
esa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar