uyg‘on
bilan ulashing
1. Uyqusini tark etmoq, uyqudan turmoq.
-
Gʻulomjon choʻchib uygʻondi-yu, tevaragiga alanglab qaradi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Koʻz ilindi deguncha kallaga dahshatli tushlar oʻralashib kelib, bosinqirab-bosinqirab uygʻonib ketishar edi. M. Mansurov, Yombi. Bobosi uning sharpasiga uygʻonib, tikilib qoldi. S. Anorboyev, Hamqishloqlar
2. koʻchma Hayot, faoliyatga qoʻzgʻalmoq, harakatga kelmoq; amalga kirmoq.
-
Tuproq isishi bilan, dov-daraxtlar uygʻonmasdan boshlash kerak bu ishni S. Nurov, Narvon
-
Egilib turgan qator olchalar ham uygʻondi; guldan hali darak yoʻgʻ-u, koʻm-koʻk, ushoq-ushoq yaproqchalar chiqardi. Sh. Xolmirzayev, Toʻlqinlar
3. koʻchma Paydo boʻlmoq, hosil boʻlmoq, qoʻzgʻalmoq (his, tuygʻu va shu kabilar haqida).
-
Unda adabiyotga qiziqish uygʻondi.
-
Buni koʻrib Sidiqjonning qalbida juvonga nisbatan har qanday gʻarazdan xoli bir mehr uygʻondi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Oʻsmirlikda uygʻongan havas, Borib-borib boʻldi muddao. Yo. Mirzo
UYG‘ON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЙҒОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uyg‘on so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar