gapir
bilan ulashing
1. Fikrini ogʻzaki bayon etmoq; soʻzlamoq, aytmoq; nutq soʻzlamoq.
-
Oʻynab gapirsang ham, oʻylab gapir. Maqol
-
Safarov kuldi va ertaga qilinadigan ishlar toʻgʻrisida gapirdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Ulfatlarda har yerlarda oʻltirdi, Sultonxon dardini endi gapirdi. Rustamxon
-
Shu ikki fikr atrofida munozara juda qizib ketdi. Gapirmagan, tortishmagan odam qolmadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Gapirish, soʻzlash qobiliyatiga ega boʻlmoq; tilga kirmoq.
-
Nusratning ikki yoshli oʻgʻli katta boʻlib qoldi, gapiradi.
3. Talaffuz qilmoq.
-
Sabogul odaticha soʻzlarni buzibroq ruscha gapirardi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Qovoqlari va bir qadar yirik yuz yonoqlarining farqiga bormagan odam, uni [Oʻrozni]
-
aslo qirgʻiz demas, sartchani juda yaxshi gapirar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
gapir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ogʻzingga qarab gapir
Bir gapirib, oʻn kuladigan
-
Ona oʻlimiga dastlab chiday olmagan kabi koʻringan Nuri, sekin-sekin taqdirga tan bergan, hatto avvalgiday bir gapirib, oʻn kuladigan bir holga kelgan esa-da, har kelishda baqirib kirar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
U [Risolat] bir gapirib, oʻn kular, gap orasida Dildordan gina ham qilib qoʻyardi. S. Ahmad, Ufq
Katta gapirmoq
-
— Katta gapirmang! — Katta gapirsam, gapirmasam, — dedi Xushroʻy, — mening feʼlim har kimga maʼlum va hammadan ham senga ochiq! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Qattiq gapirmoq
-
— Ogʻir boʻling, qattiq gapirmang, bekam! Xanjaringizni ham bekitib qoʻying! — dedi Zulfiqor. Mirmuhsin, Meʼmor
Qiziq gaplarni gapirasan
-
Qiziq gaplarni gapirasan. Axir, soqolim gazlama savdosi bilan oqardi. Men dadil boʻlmay, kim dadil boʻlsin. Oybek, Tanlangan asarlar
GAPIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГАПИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gapir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar