gap-so‘z
bilan ulashing
1. Aytiladigan gap, soʻz; nutq.
-
Bu haqda gap-soʻz boʻlishi mumkin emas [dedi Abdusalom]. J. Sharipov, Xorazm
2. Suhbat, gurung.
-
Ikki oʻrtadagi gap-soʻz yoʻl uzoqligini bildirmas edi.
-
Gap-soʻz bir-biriga ilashmadi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Ovoza, mish-mish gap.
-
Qoʻqonda Hakim-boyvachcha xizmatkorining qizini olibdi, degan gap-soʻz ham boʻlmas. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Agar sizga ogʻir tushmasa, yurtdagi gap-soʻz bosilguncha, biror yil Toshkentda tursin, soʻngra Margʻilonga borsin, derdim! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
gap-so‘z soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gap-soʻzga qolmoq
-
— Ha, oʻqidik [xatni], — Halima opa qizarinib kuldi. —Kim bilsin, yosh rais, gap-soʻzga qolmasin deb qoʻrquvdik-da, aylanay. O. Yoqubov, Bir felyeton qissasi
-
— Olgan majburiyatimni bajarib kelmasam, gap-soʻzga qolaman, — dedi Nafisa onasiga. Gʻayratiy, Uzoqdagi yor
Gap-soʻzda yoʻq
-
Hozirgi aftini koʻrgan kishi uni \Roʻzimatni\ gap-soʻzda yoʻq, oʻzi toʻnggina bir yigit gumon qilar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
GAP-SO‘Z so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГАП-СЎЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gap-so‘z so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar