polka
bilan ulashing
1. r. [ polka — devordagi idish tokchasi.]
2. Idish-tovoq, kitob kabilar qoʻyish uchun devorga yoki shkafga oʻrnatilgan, taxta yoki qattiq materialdan qilingan tokcha.
-
Ulardan biri yerda tartibsiz sochilib yotgan bir dasta kitob va qandaydir qoʻlyozmalarni, chuvalashib ketgan kanop bogʻichlardan ajratib, polkaga taxlash bilan band. H. Ahmar, Yakkama-yakka
3. Temir yoʻl vagonida odam oʻtiradigan yoki yotadigan alohida joy.
-
yuqori polkadagi Sherali derazaga bagʻrini berib yotib olgan, oynaga tiralgan burni puchuq koʻrinardi. H. Gʻulom, Feruza
-
Mening joyim yuqorida edi. Uni tinchitib, chamadonchamni polkaga irgʻitdim-da, oʻzim ham bir sakrab chiqib oldim. S. Ahmad, Saylanma.
1. chex. [ polka — polyak: jabrlangan polyaklar bilan birdamlik ramzi sifatida shunday nomlangan.]
2. Davra boʻylab juft-juft boʻlib, tez, sakrab-sakrab oʻynaladigan chex xalq raqsi.
3. Shu raqs ritmidagi musiqa asari.
-
Andijon polkasiga oʻynamoq.
4. Erkaklarning soch qoʻyish turlaridan biri (bunda soch chakka va orqadan sal olib tekislanadi).
POLKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОЛКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
polka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar