polotno
bilan ulashing
1. Arqogʻi va oʻrishi bir xil yoʻgʻonlik va qalinlikda boʻlgan, ipak, ip, kanop va shu kabilardan tayyorlangan pishiq va silliq gazlama va undan tikilgan kiyim.
-
Ipakli polotno. Shtapel polotno
-
Ularda [dastgohlarda] rang-barang trikotaj polotnolar toʻqish imkoniyatiga egamiz. Gazetadan
-
— Duxoba, krepdeshin., polotno, shotlandkalar toʻqiymiz, — deyishibdi chevarlar. Sh. Gʻulomov, Yorqin yoʻllar
-
Yupqa bluzkadan ham, krepdeshin, polotno koʻylaklardan ham unga toʻq koʻk shol koʻylak maʼqul boʻldi. Saodat
2. Odatda boʻzsimon maxsus matoga chiziladigan katta yaxlit surat.
-
Mashhur rassom polotnolari.
-
Rassom Sharq ayollari obrazini yaratish ustidagi ishlarni davom ettirib, bir qator rang-barang polotnolar yaratdi. Gazetadan
-
Ayni kunlarda T. Jamoliddinov yangi polotnolar ustidagi izlanishlarini davom ettirmoqda. Gazetadan
3. koʻchma Biror tarixiy voqea-hodisani keng va har tomonlama tasvirlagan badiiy asar.
-
T. Qayipbergenov adabiyotimizni Qoraqalpoq dostoni nomli yirik tarixiy polotno bilan boyitdi. OʻTA
4. maxs. Temir yoʻl yoki shossening tosh, shagʻal va shu kabilardan koʻtarib ishlangan asosi, koʻtarmasi.
-
Olislarga choʻzilib, ufqqa singib ketgan temir yoʻl polotnosi xayolimni olib ketdi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
POLOTNO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОЛОТНО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
polotno so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar