polvon
bilan ulashing
1. Jismoniy jihatdan kuchli, baquvvat kishi; bahodir, pahlavon.
-
Koʻrsatur oʻz gʻayratin ish uzra, rohat istasa, Roʻzgʻori gullamas, mehnatda polvon boʻlmasa! Habibiy
-
U aslida juda koʻrkam va polvon yigit boʻlib, qop-qora, chaqmoq moʻylavi oʻziga juda ham yarashib turardi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Kurash tushadigan sportchi.
-
Axir bu bola ne-ne polvonlarning belini bukib, yelkasini tuproqqa qorishtirmayapti. S. Ahmad, Ufq
-
Milliy kurash boʻyicha kecha boʻlib oʻtgan olishuvda Abdurayim polvonning yutib chiqqani bekor qilinib, yiqilgan Karim polvon foydasiga hal qilindi. S. Ahmad, Yulduz
-
73 kilogramm vaznli polvonlar oʻrtasida gilamga chiqqan Rustamjon Umarov., raqiblari kuragini yerga tekizib, turnir gʻolibi boʻldi. Gazetadan
3. so‘zlashuv tili Ekskavator, koʻtargich kran kabi mashinalarga xalq tomonidan berilgan nom.
-
— Misha, polvoningning tomiri boʻshab, xirillab qolmadimi? — deb soʻradi Valentin yetib kelgach. Sh. Gʻulomov, Azim daryoman debon
POLVON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОЛВОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
polvon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar