pona
bilan ulashing
Narsalarni yorish, kerish yoki biriktirish uchun ishlatiladigan, bir uchi tigʻli yogʻoch yoki temir.
-
Temir pona. Pona qoqmoq. Pona qoqib mahkamlamoq.
-
Uning bir qoʻlida mushuk kallasiday kaltasop bolgʻa, boshqa qoʻlida temir pona. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Terlab qizarib ketgan boʻlsa-da, ombirni pona qilib, zanjirni doʻqillatib uraverdi. S. Siyoyev, Saratonda qor yogʻdi
pona soʻzi qatnashgan jumlalar:
Pona urmoq
-
Zamon tosh qatlamlarini pona urib koʻchirar, ikki yonni boʻshatib, gurziga yoʻl ochib berardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Darhol har xil shaklga solib, shu bahona birligimizni buzishga, mafkuramizga pona urishga urinadilar. Gazetadan
PONA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pona so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar