injiq
bilan ulashing
1. Uncha-munchani yoqtirmaydigan, aytganga koʻnavermaydigan (yuravermaydigan).
-
Avaz oʻz feʼlini biladi:u injiq, yuragi tor, qoʻrs. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Bu voqeadan soʻng u toʻnini teskari kiyib, oʻta injiq boʻlib qoldi. Yoshlik
2. Serxarxasha.
-
Bola yigʻloqi, injiq, saldan-salga yotoqxonani boshiga koʻtarar J. Abdullaxonov, Xonadon
3. koʻchma Tashvish-xarxashasi koʻp; mashaqqatli; oʻzgaruvchan, bir xilda turmaydigan.
-
Kuzning birinchi oyi tugab, oktyabrning yogʻin-sochinli injiq kunlari boshlandi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Hech qaysi ekin paxtadek murakkab, talabchan, injiq va mashaqqatli emas. Gazetadan
INJIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИНЖИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
injiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar