matritsa
bilan ulashing
1. tex. Metallurgiyada: metallarga bosim bilan ishlov berishda tayyorlanadigan buyum xomashyosi, chala tayyor nusxasini (choʻzib, yoyib, presslab va h. k.) kerakli shaklga kel-tirish uchun ishlatiladigan qolip (shtamp)-larning ish qismi.
2. poligr. Harf, raqam yoki belgining chuqur toʻgʻri tasviri tushirilgan, yaʼni literalar (harf yoki belgining boʻrtma tasviri), harf yoki satrni quyish uchun qolip boʻlib xizmat qiladigan metall plastinka yoki taxtacha.
-
Linotip matritsasi. Monotip matritsasi.
3. poligr. Matn va rasmlarning botiq tasviri tushirilgan, stereotiplar (yuqori bosma shakllari)ni tayyorlash, asarlarni qayta nashr etish, koʻp nusxali nashrlarni turli joylarda bosishda ishlatiladigan plastmassa varaq, taxta.
-
Kitobni matritsadan bosish.
-
Avval Pravda
-
va Izvestiya gazetalarigina Moskvadan olib kelinadigan matritsalardan bosilar edi. I. Shogulomov, Yirik korxona
4. mat. Turli sonlar va matematik ifodalar joylashtirilgan satrlar va ustunlardan iborat toʻgʻri burchakli jadval.
MATRITSA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАТРИЦА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
matritsa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar