mavjlan
bilan ulashing
1. Mavj hosil boʻlmoq, jimirlamoq, asta toʻlqinlanmoq.
-
Hovuz suv bilan emas, nur bilan toʻlgan kabi mavjlanadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
2. Tovlanmoq, jilvalanmoq.
-
Shonaga kirgan gʻoʻzalar quyosh nurida mavjlanadi.
-
Peshona va chakkasida salqigan sochlarining jingalaklarida shuʼlalar mavjlanib yonar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. koʻchma Aks etmoq, barq urmoq.
-
Oxunning shafqatiga hamma chuqur sezgi bilan qaradi, bu his ularning koʻzlarida, yuzlarida ravshan mavjlandi. Oybek, Tanlan-gan asarlar
MAVJLAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАВЖЛАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mavjlan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar