eg
bilan ulashing
1. Toʻgʻri, tik holatidan biror tomonga tortmoq; qayirmoq, bukmoq.
-
Daraxt shoxini egmoq. Novdani ikki uchidan ushlab egmoq.
-
Daryo tomondan gʻirillab esib turgan shabada yoʻl boʻyidagi oʻt-oʻlanlarni egar, tebratar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Etak tutib, tik qaddimni egarmishman, Kunga kuyib, men ham paxta terarmishman. Mushtum
2. Oʻz izmiga boʻysundirmoq, itoat ettirmoq.
-
E nodon qiz, Toʻlkinjon shuncha qizlarning ichida seni sevib qolgani uchun shodlan! Mayli, bari bir egib olaman! F. Musajon, Huri
-
Nima qilsa, ishyoqmaslarni egib olish mumkin? Oʻzbekiston qoʻriqlari
eg soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bosh egmoq
-
Bozorkul bunday paytlarda bosh egib, xomush oʻtirardi. A. Muxtor, Chinor;
-
Polvon yosh bolaga oʻxshaydi, kekni bilmaydi, bosh egib borsa, albatta, kechiradi. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
jindek toqat qiling, toqatliga togʻ bosh egarmish. K. Yashin, Hamza;
-
Jaholatga shafqat bilmas zolimlarga hech qachon bosh egmayman. K. Yashin, Hamza
Boʻyin egmoq
-
Eski raislar boʻyin egarmikin bu yosh juvonga. Ishlasa ham bir yil ishlaydi. I. Rahim, Ixlos;
-
Aroqxoʻrlikka mukkasidan ketgan Abdujabbor ijtimoiy foydali mehnatga boʻyin egmay qoʻyibdi. Mushtum
-
Hozir shunchalik past ishga ham boʻyin egish zarurati bor edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
EG so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
eg so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar