ega
bilan ulashing
1. Uy-joy, mol-mulk va shu kabilar qarashli boʻlgan shaxs; xoʻjayin, sohib.
-
Uy egasi. Bogʻning egasi.
-
Chiqasi kelsa, egasi sababchi boʻladi. Maqol
-
Eshakka muguz bitsa, egasini suzadi. Maqol
-
Itning feʼli egasiga maʼlum. Maqol
-
Daftarni egasiga qaytarib yuborish kerak edi-da. Yoshlik
-
Bolaning topilgani uy egalarininggina emas, qoʻshnilar, hammahallalarning ham quvonchiga aylandi. R. Fayziy, Sen yetim emassan
-
Mana shu mulkning egasi Oʻtar boboni bilarsiz? Shu zotning farzandiman. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Yurt, el kabi soʻzlar bilan qoʻllanib, shu soʻzlar anglatgan joyning boshqaruvchisi, boshligʻi maʼnosini bildiradi.
-
Otajon, sendirsan yurtning egasi Ravshan
-
Shunda Chambilning ovini ovlab, Chambilning egasi boʻlib yurganda, Chambilning deparasida Turkman degan bir yurt bor edi. Shirin bilan Shakar
3. Shaxs yoki narsada oʻzi birikib kelgan soʻz anglatgan narsaning bor, mavjud ekanini bildiradi; bor, mavjud.
-
Tilsiz boʻlib keldim dunyoga, Ammo tilga egaman endi. Guldasta
-
Barcha qulayliklarga ega boʻlgan binolar qad rostladi. Gazetadan
4. Mavhum tushunchalarni bildiruvchi ayrim soʻzlar bilan qoʻllanib, shaxs yoki narsaning shu soʻz anglatgan belgi, xususiyat kabiga molikligini bildiradi; molik.
-
Katta ahamiyatga ega. Yuksak fazilatlarga ega.
-
Yuksak texnologiya sifatlarga ega boʻlgan chigitni ekish ancha koʻpaytirildi. Gazetadan
-
Otasining saltanat oldida katta hurmatga ega ekani Badianing qalbiga ham fidoyilik tuygʻularini solgan edi. Mirmuhsin, Meʼmor
5. Narsani yuzaga keltirish, tayyorlash va shu kabilar jihatdan qarashliligini bildiradi.
-
— Yoʻq, — dedi Oʻzbek oyim, — osh egasi bilan shirin Ha, aytgandek, qudangiznikiga yuborgan kishingiz keldimi? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
6. so‘zlashuv tili (faqat 1-shaxs egalik affiksi bilan) Tangri, xudo.
-
— Buni yaratgan egamning oʻzi biladi, — dedi oqsoqol. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Sizni egam soʻzga pichib qoʻygan ekan-da. Oybek, Tanlangan asarlar
7. tilshunoslik Ikki tarkibli gaplarda fikrning kimga, nimaga qarashli ekanini anglatuvchi, belgisi kesim tomonidan aniqlanadigan bosh boʻlak.
EGA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭГА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ega so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar