egar
bilan ulashing
1. Ot-ulov ustiga uriladigan va minib oʻtirish uchun moslangan abzal.
-
Ot egari,
-
Komil kumush uzangiga oyoq uchini qoʻyib, egarga minib oldi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. Turli mashinalarning odam oʻtiradigan joyi, oʻtirgʻichi.
-
Velosiped egari. Traktor egari.
egar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Otdan tushsa ham, egardan tushmaydi
-
Ammo,otdan tushsa ham, egardan tushmaydi, deganlaridek, hamma yoqdan mosuvo boʻlsa hamki, hali havosi baland. A. Muhiddin, Xarakteristika
Egar urmoq
-
Badia otining oldiga kelib, uni erkaladi, egar, jab-duq urib, qayishlarini mahkam tortib bogʻladi Mirmuhsin, Meʼmor
-
Yaxshilikcha egardan tush-u, qoʻlingni koʻtar. Boʻlmasa, ot ustidan telpakday uchiraman. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Faqat Samadiygina achitdi: — Endi egardan tushibsiz-da, dohiy. A. Muxtor, Tugʻilish;
-
Oqpodsho otdan tushsa ham, Said Jalolxon eshon hali egardan tushmagan edi. S. Ahmad, Hukm
-
Kalondimogʻliging qolmadi-da, polvon! Hamon musofirchilikni boʻyningga oldingmi, egardan sal tushgin-da! H. Nazir, Oʻtlar tutashganda
EGAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭГАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
egar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar