nazokat
bilan ulashing
1. Kishining yurish-turishi, harakat va qiliqlaridagi noziklik, latofat.
-
Qiz asilzodalarga xos bir nazokat bilan oʻzini erkin tutib kulimsirayotgan boʻlsa ham, koʻzining hayodan yaltillab ketganini Mavlono Fazliddin payqadi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Zeboning oʻzi salobati, koʻrkamligi, nazokati, latofati va tabassumi bilan xayolni chulgʻab kelardi. Shuhrat, Shinelli yillar.
2. Muomaladagi noziklik, odob.
-
Murod darrov turib, hoji bilan soʻrashdi va nazokat bilan unga joy koʻrsatdi. A. Qahhor, Yillar
-
Mayor qizning tirsagidan yigitlardek nazokat bilan ushlab, Aʼzamlarning oldiga olib keldi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
3. Nazokat (xotin-qizlar ismi).
NAZOKAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАЗОКАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nazokat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar