nazr
bilan ulashing
1. Savob uchun yoki biror muddao bilan xudo yoʻliga atalgan yoki berilgan narsa.
-
Bir machit hovlisidagi qayragʻoch tagida nazrga qoʻy soʻyilar edi. Ular shu yerda toʻxtashdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Toleim qursin, deb yondim, kuydim. Folbinlarga bordim, aziz-avliyolarga nazr atadim. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Azayimxon, domla va shu kabilarga oʻqib, dam solib qoʻyganligi va boshqalar amallari uchun beriladigan haq, mol yoki pul.
-
Sen ham oʻsha hindini topasan va nazrini berib, yaxshilab qaytariq qildirasan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
— Nazri naqdona boʻlmasa, koʻnglim ham joyiga tushmaydi, ish ham yurishmaydi, — dedi Hoji xola. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. aynan Xayr-sadaqa.
-
Koʻz ogʻrigʻi uni [devonani] choʻchitmas uchun naridan turib, yonchigʻini kavlay berdi: — Sizga nazrim bor. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. Savob uchun yoki maʼlum narsa evaziga oʻzini-oʻzi yoki farzandini maʼlum shaxsga, tabarruk joyga bagʻishlash.
-
Hamma gap shundaki, Yodgor ota Karomat, Adolat otliq ikki qizini birdaniga Nurmatjonning otasi Toshxoʻja eshonga nazr qilgan edi. A. Qahhor, Asarlar
-
Kuni kecha mozorga bir malikayi zebo chehra nazr etildi. Shu ojizani ertagayoq haramingizga oʻzim keltirib topshiraman. K. Yashin, Hamza
-
Qurbon otaning yigitlik hayoti yakuni shuki, bu dunyo boʻlmadi, endi oxiratdan ham quruq qolmay, deb oʻzini-oʻzi Saidahmadxon degan eshonga nazr qilgan. A. Qahhor, Asarlar
NAZR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАЗР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nazr so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar