nag‘ma
bilan ulashing
1. eskirgan Kuy, ohang, navo; musiqa tovushi.
-
Tol shoxlarini toʻldirgan parrandalar nagʻmasi ham ortiqchalik qildi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
[Komil:] Bu xushnud nagʻmalardan benasib boʻlmang, deb atayin uygʻotdim, bir eshitib qoling! O. Yoqubov, Aytsam, tilim kuyadi, aytmasam — dilim
2. Labda yurgʻizib puflab chalinadigan musiqa asbobi.
-
Bolalar tarqalishadi. Qoravoy nagʻmasini chaladi R. Fayziy, Sen yetim emassan
3. koʻchma salb. Ortiqcha qiliq, xarxasha.
-
E, bu odamning nagʻmasi koʻpga oʻxshab qoldi. Uygʻun, Hurriyat
-
U [Ibodilla] dorini ishlatdimi, bas, turli-tuman nagʻma chiqaradi. J. Sharipov, Xorazm
4. koʻchma s. t. Ortiqcha tashvish, daxmaza, ikir-chikir.
-
Toʻyning nagʻmasi koʻp boʻlar ekan.
NAG‘MA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАҒМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan NAG‘MA so‘ziga berilgan ma’nolar
nag‘ma so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
nag‘ma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar