tiqil
bilan ulashing
1. Tiqmoq feʼlining oʻzlik va majhul nisbatlari.
-
Shisha ogʻziga poʻkak tiqilgan. Qopga un tiqildi.
-
Xurjunning bir koʻzida tugun, bir koʻzida oʻrab tiqilgan jun qoplar. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Goʻrga tiqilgur ochofatlar, mol talashib, sandiqni ham sindirishdi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Loy yoki yumshoq joyga botib qoʻzgʻalolmay, yurolmay qolmoq.
-
Mashina kichik bir ariqqa tiqilib qoldi.
-
Oti loyga tiqilgan navkarlardan biri Tohir edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Arava loylarga tiqilaverib, jonimizdan toʻydirdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. Top, ziq joydan oʻrin olmoq, joylashmoq.
-
Aʼzam uch-toʻrt kun koʻchada bosh urgani joy topolmay daydib yurgach, shahar chetidagi koʻrimsizgina bir masjid qorovulining mol bogʻlasa turmaydigan hujrasiga borib tiqildi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
-
Mana, hozir yaralangan boʻridek kavakka ti-qilib oʻtiribdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
-
Semizligidan partaga tiqilib oʻtirgan bir kishi tomoq qirib, moʻylovini burab qoʻydi. S. Zunnunova, Yangi direktor
4. Biror narsa yoki kimsaga yopishmoq; zich, tirband narsa yoki odamlar orasidan joy olmoq.
-
Eski kir choponni kiygach, ayvonga chiqdi, oʻhoʻ-oʻhoʻlab yoʻtalgancha, tanchaga tik,ildi. Oybek, Ulugʻ yoʻl
-
Nurini naq mozoristonda yolgʻiz qolgan kabi bir vahima bosdi, rangi oʻchib, kampirning pinjiga tikildi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Eshik oldida odamlar orasiga tiqilib, Bozorboy ham oʻtirgan ekan P. Tursun, Oʻqituvchi
5. Koʻp miqdorda va zich, tigʻiz joylashgan holatda boʻlmoq.
-
Mana, bir tomondan deraza oʻrniga tuynuk ochilgan kichkina qorongʻi uyda oʻn-oʻn besh chogʻli xotin oʻtiribdi. Ular eski, lekin ozodagina koʻrpa yopilgan sandal atrofiga tikilishib, sekin-sekin suhbatlashishardi. S. Zunnunova, Gulxan
6. koʻchma Juda koʻp miqdorda boʻlmoq, moʻl-koʻl boʻlmoq.
-
Magazinda xohlagan narsang tiqilib yotibdi.
-
— Tut meva qiladi-ku, otajon. Kurtlar tol bargini yeya qolsin, ariq boʻyida tiqilib yotibdi-ku, — degandi qizaloq. Y. Muqimov, Ipak tolasi
7. Tomoqdan oʻtmay toʻxtab qolmoq.
-
Uning tomogʻiga non tiqilibdi.
-
Safarov., mush-tining qirrasi bilan uning kekirdagiga tushirdi. Yoʻgʻon kishi chalqancha yiqildi va soʻyilgan tovuqday tipirchilab, suyak tiqilgan itday xirillay boshladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
[Oʻrinboyev] Shuncha qattiq gapirgani bilan, xuddi tomogʻiga don tiqilgan xoʻrozdek, ovozi chiqmaydi. A. Muhiddin, Toʻgʻri taʼbir
8. Boshqalarning gapi, suhbati va shu kabilarga aralashmoq, suqilmoq.
-
Bu ishga sen tiqilma.
-
Ikkinchi navkar yaqin kelib, boʻynini choʻzib tiqildi: — Siz kimsiz? Nega taslim boʻlamiz? — soʻradi u. Oybek, Navoiy
tiqil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Joni halqumiga tiqilmoq
-
Agar har yil jasorat koʻrsatamiz desak, jonimiz halqumimizga tiqilishi mumkin. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
Nafasi tiqilmoq yoki nafasi ogʻziga (yoki boʻgʻziga, halqumiga) tiqilmoq
-
Sugʻdlarning ashaddiy dushmani boʻlgan Eron shohi va uning qora niyatlari toʻgʻrisida gapirar ekan, gʻazabdan nafasi siqilar, koʻzlari oʻt sochar edi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi
-
Yoʻq, jonim, yoruqqina ayvon tuzuk menga, uyda nafasim tiqilib ketadi. Oybek, Ulugʻ yoʻl
-
Tez yurib kelganlaridan boʻlsa kerak, nafaslari ogʻzilariga tiqilib, hars-hars qilardilar. E. Raimov, Ajab qishloq
-
— Qumqishloqqa yuborilgan yigitlar qirilibdi, — dedi Bek nafasi boʻgʻziga tiqilib. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Bektemirning lablari qovjiragan, nafasi halqumiga tiqilgan, ogʻir hansirardi. Oybek, Quyosh qoraymas
Pinjiga tiqilmoq
-
Yer-suvli odamlar qiynalib qolsalar, darrov ularning pinjiga tiqilar yo oʻrtaga kishi qoʻyib, yerni tezroq oʻz qoʻliga oʻtkazishga tirishar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Oʻpkasi halqumiga (yoki ogʻziga) tiqilmoq
-
Butun vujudini larzaga solgan titroq paydo boʻldi. Oʻpkasi halqumiga tiqilib, nafasi qisildi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
TIQIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИҚИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tiqil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar