tiqin
bilan ulashing
1. Idishlarning ogʻziga tiqib qoʻyiladigan qopqoq.
-
Poʻkak tiqin. Shisha tiqin. Butilkaning tiqini.
-
Shukurjon butun vujudi jimirlab ketganini his etib, flyaganing tiqinini tortdi, u boʻsh edi. O. Yoqubov, Ota izidan
-
Ashurtoy aka nos-qovoqning shokilador charm tiqinini yopa turib, salmoqlanib gapirdi. R. Fayziy, Hazrati inson
2. aynan Tiqilinch.
-
Yoʻl juda tiqin va serqatnov.
-
Bolnitsaga [kasalxonaga] borsangiz, oʻzim eltib qoʻyaman, yuravering. Tramvayda hozir odam tiqin boʻladi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
-
Men tiqinda havo yetmaganday boʻgʻila boshlayman, derazaga intilaman. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
3. Ichiga, qobigʻiga tiqilib turgan, shunday joylashgan.
-
Yoʻldosh tiqin ryukzagini orqaladi, Oynisa tugun koʻtarib oldi, bobo bilan buvi oldinga tushishdi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
-
Har koʻchatda oʻn-oʻn ikki va undan ziyod gʻoz tuxumiday, ana ochilay, mana ochilay deb turgan tiqin paxta. Gʻ, Gʻulom
-
Sinflarda boʻsh parta yoʻq, Magʻzi tiqin anorday. Gʻ, Gʻulom
TIQIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИҚИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tiqin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar