tiqishtir
bilan ulashing
1. Koʻp yoki katta narsani talab etilganidan kichik yoki tor idishga, joyga zoʻrlab tiqmoq; niqtalab, zichlab joylamoq.
-
Kitoblarni portfelga tiqishtirmoq. Choʻntakka har narsani tiqishtirma.
-
— Koptok oʻynashni judayam yaxshi koʻraman, yozin-qishin choʻntagimda olib yuraman, — dedi Zumrad koptokni qaytadan kichkina choʻntagiga tiqishtirib. Oybek, Ulugʻ yoʻl
-
Mahkam aka unga koʻz qisib qoʻyadi, bola kulib, lunjiga non tiqishtiradi. R. Fayziy, Sen yetim emassan
-
Tutab yotgan chala toʻngak yoniga shox-shabbalar tiqishtirib puflashdan boshi ogʻrigan Jobir nihoyat boshini koʻtardi. H. Shams, Dushman
2. koʻchma S. t. Biror joyga, ishga, oʻqishga zoʻrma-zoʻraki tiqib qoʻymoq, joylashtirmoq, joylamoq.
-
Ishga qarindoshlarini tiqishtirmoq.
3. Nima boʻlsa (topsa), borini kimgadir beravermoq.
-
Uchta boʻyiga yetgan singlisi bor. Qaramaydi. Topganini xotiniga tiqishtiradi. Mushtum
4. Yoqsa-yoqmasa, xohlasa-xohlamasa, yarasa-yaramasa beravermoq, suqavermoq.
-
Bolaga har qanday ovqatni tiqishtiravermaslik kerak.
-
Bu axir rasvogarchilik-ku! — dedi bir kuni Muzaffar Muhamedov. — Bizga qanday pyesalarni tiqishtirishyapti. H. Nosirova, Men oʻzbek qiziman
TIQISHTIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИҚИШТИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tiqishtir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar