tira
bilan ulashing
1. Oʻzini yoki biror narsani tutib turish uchun (tirgak, tayanch sifatida) qoʻymoq.
-
Shotilarni sekin tikladilar, uchini devor qirrasiga tirab qoʻydilar. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Sobir burchakka tirab qoʻyilgan dutorni olib, ikki oʻrtoq oʻrtasidagi bahsni toʻxtatishga urindi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Qora Ahmad bir qoʻlini yerga tirab, ohista koʻtarildi Oybek, Tanlangan asarlar
2. Biror tomonga tutashtirmoq, qadamoq.
-
Pichoq tiramoq.
-
Hovlining kunbotar tomonida xarobalikdan ozgina berida boʻlgan boyagi yoʻlakka tirab solingan ikki darichali bir uy A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Ular [Nizomjon bilan Dildor] boshlarini boshlariga tirab, surat oldirib ham kelishdi. S. Ahmad, Ufq
tira soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oyoq tiramoq
-
Shuni yangisiga almashtirib berilmasa, mashinami qabul qilmasligini aytib, oyogʻini tirab turibdi. H. Nazir, Koʻkterak shabadasi
-
Siz ham endi oyogʻingizni tirab turib olmang, biron muomalaga keling. P. Tursun, Oʻqituvchi
Yuziga oyoq tiramoq
-
Qizim, Ruhillo yuziga oyoq tiragani uchun, shunday tashvishlarga uchrayapti Mirmuhsin, Chodrali ayol
-
Oʻz pirini beobroʻ qilgan, yuziga oyoq tirab ketgan bandaning holiga voy! Mushtum
TIRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tira so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar