mumkin
bilan ulashing
1. Imkoni, imkoniyati bor, boʻladigan, amalga oshadigan.
-
Qani endi hayotdagi sanoqsiz ehtimollarning barisiga javob topish mumkin boʻlsa. S. Karomatov, Oltin qum
-
Undan oʻtib, darvoza orqali Dishan qalʼaga chiqish mumkin. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Kapsanchilar zimmalariga tushgan vazifalarni mumkin qadar tezroq bajarishga soʻz berib tarqalishdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Ruxsat etilgan, ijozat qilingan; joiz.
-
Borishingiz mumkin. Soʻrashingiz mumkin.
-
— Shaharda choʻchqa asrash mumkin emas, — dedi Mukarram. A. Qahhor, Adabiyot muallimi
-
— Oʻzi bu yerda ichish mutlaqo mumkin emas, — dedi u ovozini pastlatib. Guldasta
3. Ehtimoli bor, ehtimoldan uzoq, emas.
-
[Muharrir:] Yoʻldosheva yigirma oltinchi yilda paranji yopinib yurgan boʻlishi mumkin, buni hozir taʼna qilishda hech qanday maʼno yoʻq. A. Qahhor, Bek
MUMKIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУМКИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mumkin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar