pozitsiya
bilan ulashing
1. so‘zlashuv tili Har qanday kimsa yoki narsaning tutgan oʻrni, ishgʻol qilib turgan joyi, mavqeyi, holati, vaziyati.
-
Qulay pozitsiya. Noqulay pozitsiya,
-
Aminov boshqa pozitsiyaga oʻtdi. E. Samandar, Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq
-
Oʻzingga maʼlum pozitsiya tanlab ol. Sharq yulduzi
-
Fan va texnika taraqqiyotining koʻp sohalarida mamlakatimiz dunyoda yetakchi pozitsiyalarni egallab turibdi. Gazetadan
2. harb. Qoʻshinning mudofaa yoki hujum qilish maqsadida egallab turgan va injenerlik nuqtayi nazaridan jihozlangan yer maydoni.
-
Dushman pozitsiyalarini toʻpga tutmoq.
-
Shu yigit bir hujum vaqtida dushman pozitsiyasiga juda yaqin bir gʻaramga kirib olib, batareyaning koʻzi boʻlib turgan edi. A. Qahhor, Asarlar
-
Qulay bir pozitsiya topib toʻxtagan tank alanga tubiga bronteshardan oʻq uza boshladi. P. Qodirov, Erk
3. Shaxmat va shashka oʻyinida donalarning joylanish holati.
-
Oʻn olti yurishdan keyin yuzaga kelgan pozitsiya,
-
Soʻngra Shuhrat yurish sayin pozitsiyasini kuchaytirib, gʻalabaga erishdi. Gazetadan
4. koʻchma Biror masalada tutilgan yoʻl, nuqtayi nazar; voqea-hodisaning muayyan bahosi.
-
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yoppasiga davlat tasarrufidan chiqarishdan voz kechish bizning qatʼiy pozitsiyamizdir. Gazetadan
POZITSIYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОЗИЦИЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
POZITSIYA so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan POZITSIYA so‘ziga berilgan ma’nolar
pozitsiya so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
pozitsiya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar