boshli
bilan ulashing
1. Boshi, kallasi bor.
-
Yetti boshli ilon (ertaklarda).
-
U [Qoratoy] oʻttiz sakkiz-qirq yashar, yumaloq, katta boshli, bilaklari yoʻgʻon kishi edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Buning orasida ilon boshli bilaguzukdan tortib har xil taqinchoqlargacha chiqdi. M. Mansurov, Yombi
2. koʻchma s. t. Aqpli, aqlli-hushli.
-
Boshli yigit. Oltin boshli otang bilan qolguncha, paxmoq boshli onang bilan qol. Maqol
-
Boshliq boʻlsang, boshli boʻl. Maqol
boshli soʻzi qatnashgan jumlalar:
Butun boshli
-
Hammasi menga yopishadi: — Butun boshli otning qayoqqa yoʻqolganini bilmasang, nima qilib yuribsan qorovullikning kafilini olib, — deyishadi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Lashkarboshining qurumsoqligini qarang butun boshli xumcha koʻmib, ichida chaqa ham qoldirmabdi-ya. M. Mansurov, Yombi
-
Men sendayligimda butun boshli oilani tebratganman. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Yangi yerlar ochilib, butun boshli yangi xoʻjaliklar tashkil topdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
BOSHLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОШЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
boshli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar