boshlang‘ich
bilan ulashing
1. Dastlabki, boshla-nishdagi; oʻlchash, qiyoslash uchun asos qilib olingan; bosh.
-
Snaryadning boshlangʻich tezligi. Boshlangʻich dalillar.
-
Meridianlarning biri, yaʼni London orqali oʻtadigan meridian, boshlangʻich meridian deb hisoblanadi. Geografiya
2. Quyi, birinchi bosqich.
-
Boshlangʻich sinf.
-
Boshlangʻich taʼlim bilimlar poydevori hisoblanadi. Fan va turmush
-
Boshlangʻich maʼlumotni olgach, u oʻqituvchilar tayyorlash kursiga oʻqishga kirdi. Gazetadan
-
Bashoratni boshlangʻich maktabga berishning foydasi yoʻq. A. Muxtor, Opa-singillar
3. Eng oddiy, elementar.
-
Boshlangʻich fizika.
4. Dastlabki holdagi, ibtidoiy.
-
Boshlangʻich jamiyat.
-
Boshlangʻich vaqtda odamlar yovvoyilikda, tushkunlikda hayot kechirishgan. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
5. ot ayn. Boshlama.
-
Erishilgan muvaffaqiyatlar katta ishlarning boshlangʻichi, xolos.
BOSHLANG‘ICH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОШЛАНҒИЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
boshlang‘ich so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar