qaymoqlash
bilan ulashing
1. so‘zlashuv tili Quyuq suhbatlashmoq, gurunglashmoq, quyuq suhbat bilan vaqt oʻtkazmoq.
-
Murodjonning buvasi u bilan qaymoqlashgani-qaymoqlashgan. N. Maqsudiy, Umidli bola
-
Ikki doʻst to peshingacha qaymoqlashib oʻtirdilar. S. Siyoyev, Avaz
-
Oʻzi bir jonon bilan qaymoqlashib turardi. E. Aʼzam, Kechikayotgan odam
2. koʻchma Quyuqlashmoq; kuchaymoq; koʻngilli, yoqimli tus olmoq.
-
Oʻrtada gap qaymoqlashib, Ibrohimxoʻjaning tuzogʻiga Muhabbatxon, Muhabbatning tuzogʻiga Ibrohimxoʻja ilingan ekan. Mushtum
-
Toshtemirning Ivan aka bilan doʻstligi tagʻin ham qaymoqlashdi. H. Gʻulom, Senga intilaman
QAYMOQLASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЙМОҚЛАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qaymoqlash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar