qayish
bilan ulashing
1. aynan Mayishmoq.
-
Otning ingichka beli sal qayishib, uning ustidagi chavandoz asta chayqaldi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Mingboshining buyrugʻi, erining gʻazabli hayqirigʻi bilan qaddi bukilib, oyoqlari qayisha boshlagan Joʻraxon bir necha zum oʻzini yoʻqotib turdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Tob tashlamoq, bukilmoq.
-
Taxta qayishib qolibdi.
3. koʻchma Biror ishga boʻy bermoq, egilmoq.
-
Bas endi, yota berma. Sal mehnatga ham qayish. Gʻ. Gʻulom, Tirilgan murda
-
asta-sekin uy yumushlariga qayishyapti bechora. H. Nazir, Koʻkterak shabadasi
4. koʻchma Jon kuydirmoq; boʻlishmoq.
-
Mansurqori aka kambagʻal oiladan boʻlgani uchun, albatta, oʻz kambagʻalga qayishardi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Bir xil qizlar bor, qiyin ahvolga tushgan yigitga koʻproq qayishadi. P. Qodirov, Qadrim
qayish soʻzi qatnashgan jumlalar:
Beli qayishmoq
-
Koʻzlaringiz xiralanib, belingizdan kuch ketgan-da, yelkangiz bukchayib, belingiz qayishganda, ogʻir ishga buyurganlari toʻgʻrimi, axir. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Nigora egarda engashib oʻtirganidan qayishib qolgan belini endi rostlagan ham ediki, qarshidagi butalar orqasidan bir koʻppak otilib chiqdi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Yerni belingiz qayishib topganingizda, joningiz achir edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Qovurgʻasi qayishmoq
-
Singlim uchun qovurgʻam Qayishadi, yor-yor. Oq olma, qizil olma.
-
Yigitsan, qovurgʻam senga qayishadi Murodxon
QAYISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЙИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qayish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar