kurak
bilan ulashing
1. Sochilgan narsalarni sidirish, kurash, toʻplab biror narsaga solish uchun ishlatiladigan, yogʻochdan yoki metalldan yasalgan uzun sopli asbob.
-
Yoʻlchi kurak va supurgi olib, otxonani tozalay boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mehmonxona ustida quloqlarini latta bilan bogʻlagan bola yogʻoch kurakni gʻirshillatib, qor kurab yotgan edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. anat. Yelkaning yuqori qismidagi uch-burchak shaklli yalpoq suyak.
-
— Sekinroq yursang boʻlmaydimi, qizim! — dedi ona qoʻli bilan Zeboning ikki kuragi oʻrtasiga yopishgan koʻylagini koʻchirar ekan. Shuhrat, Shinelli yillar
kurak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kurak tish
-
Yoshni bilib olishga imkon beradigan ancha aniq, belgi kurak tishlardir. N. Mavlonov, Qoramolchilik
Kurakda turmaydigan
-
Normathojining joni chiqib, tomdagilarni kurakda turmaydigan soʻzlar bilan soʻkib, haydab yubordi. Oydin, Bechora;
-
Eson yana oʻtirib qolishga majbur edi. Chunki u, akasining ichganda qiladigan oʻjarligi hech kurakda turmaydigan darajada boʻlishini bilardi. H. Ahmar, Kim haq?
KURAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУРАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kurak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar