dog‘
bilan ulashing
1. Narsalarning betidagi boshqa rangda, boshqa tusda ajralib, farqlanib turgan kichikroq joy, tabiiy belgilar.
-
Badandagi qizil dogʻlar. Quyosh dogʻlari. Oyda ham dogʻ bor. Maqol
-
Eʼzozxon yuzini nafis dogʻlar qoplagan bu qoracha juvonni sevib yurarkan. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Tunsiz kun yoʻq, dogʻsiz lola yoʻq. Oybek, Navoiy
-
Yuzdagi dogʻlarni yoʻqotish uchun betni oqartiradigan dorilar va turli xil usullar qoʻllanadi. Saodat
2. Narsalarning boshqa biror modda, narsa tegib bulgʻangan, ifloslangan, kirlangan joyi.
-
Siyoh dogʻi.
-
Shilinib, timdalanib, qon dogʻi bilan qoplangan yuzi va yirtilgan koʻylagini koʻrganda, barchani dahshat bosdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Oyimxon dogʻ bosgan dasturxonni sandalga yozib, patnisda toʻrtta singib pishgan non keltirib qoʻydi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Bashirjonning qora korjomasida ohak va boʻyoq dogʻlari qotib qolgan. N. Aminov, Qahqaha
3. koʻchma Isnod keltiruvchi, yomon taassurot va taʼsir qoldiruvchi, yomon nom; isnod.
-
Yomondan dogʻ qoladi, yaxshidan bogʻ qoladi. Maqol
-
Yaxshi bola yogʻ keltirar, Yomon bola dogʻ keltirar. Maqol
-
Toza qalbda dogʻ boʻlmas. Maqol
-
Sevgiga tushgan dogʻni daryo qadar koʻz yoshi toʻkish bilan tozalab boʻlarmishmi? N. Safarov, Hayot maktabi
-
Qoʻrqoqlik dogʻini oʻlim ham yuvolmaydi. A. Muxtor, Asarlar
-
Bu gap maktabimiz shaʼniga dogʻ. E. Rayimov, Ajab qishloq
4.
-
Yaxshi soʻz — yurak yogʻi, yomon soʻz — yurak dogʻi. Maqol
-
Kiyim dogʻini yuvib ketkazsa boʻladi, lekin qalb dogʻini yuvib boʻlmaydi. Gazetadan
5. koʻchma Gunoh, kamchilik, nuqson.
-
Oʻtgan yilgi dogʻimizni, albatta, bu yil yuvamiz, planni bajarmay qoʻymaymiz. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Oʻz vijdonim oldida umrimning dogʻi yoʻq. A. Muxtor, Asarlar
6. koʻchma Asorat, salbiy taʼsir.
-
Urush dogʻlarini hali yuvib tugata olmayman. Oydin, Hikoyalar
-
Ohu ketsa agar, togʻi qoladi, Yara yomon bitsa, dogʻi qoladi. Yo. Mirzo, Oʻgʻil mehri
dog‘ soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dogʻ tushirmoq
-
Nomiga dogʻ tushirmoq
-
Erkak otaga, farzandlar nomiga munosib boʻlishi, ularga dogʻ tushirmasligi lozim. Gazetadan
-
Yurt shaʼniga dogʻ tushirib ketdi zangʻar. H. Gʻulom, Mashʼal;
-
Husniga dogʻ tushirmoq.
Oʻta qizitilgan, qizdirib, maʼlum meʼyorga yetiltirilgan (yogʻ, moy haqida).
-
Dogʻ boʻlmoq. Dogʻ qilmoq.
-
Farida yogʻ dogʻ qildi. Sharq yulduzi
-
Qoʻying-chi, sabzi toʻgʻrashni ham, yogʻ dogʻ qilishni ham bilmagandan keyin, nima ham deysiz. Guldasta
dog‘ soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dogʻ suv
-
Matpano bir burda non yeb, bir piyola dogʻ suv ichishga majoli kelmay, toʻshakka yonboshladi. S. Siyoyev, Avaz
-
Shukrulloxon, bir piyola dogʻ suvimiz bor, ertalabki mushtdan qaytma, deganlar. Shukrullo, Saylanma
1. Ogʻir musibatdan, qaygʻu-kulfatdan koʻngilda qolgan alam.
-
Bu charxi bemuruvvatdin koʻngul dogʻ oʻldi, dogʻ oʻldi. Uvaysiy
-
Masturaning sevgisi, chidami, hijron dogʻlari uning oʻziday pok, samimiy. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Koʻzlari koʻr boʻlib ketmaydimi shoʻrlik ona sening dogʻingda. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Bulbul oshno boʻlar eram bogʻiga, Qursin oʻlim, kim chidaydi dogʻiga. Ravshan
2. Armon, hasrat.
-
Nega eski dogʻlarni ochding, Dogʻ ustiga ogʻular sochding?. Olimjon
dog‘ soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dogʻda qolmoq
-
Soldat., minani koʻmishga koʻmdi-yu, biroq shnurni yoqolmay dogʻda qoldi. Fan va turmush
-
Yaxshiboyev Mamatqulovni ketkizib, ayol bilan gaplashmoqchi edi, lekin dogʻda qoldi. M. M. Doʻst, Lolazor
-
Faqat Yoqutoynigina emas, boshqa goʻzal qizlarni ham dogʻda qoldirdi. J. Sharipov, Xorazm
Dogʻman yoki dogʻdaman
-
Yana shunisiga dogʻmanki, baʼzi boylarimiz ularning soʻziga ishonadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Oʻzim ham oftobni koʻrolmay dogʻman. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Davron bilan uning munosabatini tushuna olmay dogʻdaman. P. Qodirov, Qadrim;
-
Gapirib pushaymon yegandan, gapirmay dogʻda qol. Maqol
-
Shu vaqtgacha munosib kuyov uchramay dogʻda edik. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Farzand dogʻi
-
Farzand dogʻi yondirar, Payti kelsa kuydirar. Maqol
-
Bir donodan soʻragan ekanlar:”Kim polvon? U ikkilanmay: Farzand dogʻiga chidagan ona! — degan ekan. Shuhrat, Umr pogʻonalari
-
Ogʻamning zaifasi farzand dogʻidan telba boʻlib qoldi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
DOG‘ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДОҒ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dog‘ so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar