dog‘la
bilan ulashing
1. Qizdirib yetiltirmoq, dogʻ qilib tozalamoq (moy, yogʻ haqida).
-
Ishdan keyin dil chogʻlab, Kapgirni belga bogʻlab, Qoʻy yogʻini xoʻp dogʻlab, Pishirdim jonon palov. Mushtum
-
Oʻzbek oshpazligining oʻziga xos xususiyatlaridan biri — yogʻni yaxshilab qizdirib dogʻlashtir. K. Mahmudov, Oʻzbek taomlari
-
Yaxshi dogʻlangan moyga piyoz, goʻsht tushishi bilan butun qirni allaqanday yoqimli hid tutib ketdi. Oydin, Shirin keldi
2. Gazaklagan yaraga dumba yogʻi, piyoz va shu kabilar qizdirib bosmoq.
-
Yarani dogʻlamoq.
3. koʻchma Taʼzirini bermoq, oʻch olmoq.
-
Majlisda Komilni yomonlab, baloga qoldim. Bu tirrancha. meni dogʻlaydiganga oʻxshaydi. I. Rahim, Ixlos
4. Maftun qilmoq, oʻziga asir qilmoq; armonda qoldirmoq.
-
Yuragimda koʻpdir alam, meni dogʻladi bir sanam. Murodxon
-
Qoʻlga tegsin dogʻlagan parizoding Murodxon
5. koʻchma Qaygʻu-hasrat; gʻam-alamga duchor qilmoq, boʻlmoq.
-
Bu urush uning yuragini bir umrga dogʻlab ketdi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
-
Har narsadan qodir egam saqlasin, Koʻrolmaganlarning koʻngli dogʻlansin. Oysuluv
dog‘la soʻzi qatnashgan jumlalar:
DOG‘LA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДОҒЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan DOG‘LA so‘ziga berilgan ma’nolar
dog‘la so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
dog‘la so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing