kurash
bilan ulashing
1. Bir-birini yiqitish, gʻolib chiqish uchun maʼlum qoida boʻyicha olishmoq, oʻzaro bellashmoq, kurash(ga) tushmoq.
-
Ular bir-birlarining belbogʻlaridan mahkam ushlab, uzoq kurashdilar.
-
Kurashmay, quvvatim qaydan bilasan, Ogʻzing bilan shuncha polvon boʻlasan. Tohir va Zuhra
2. Sportning biror turi boʻyicha bellashmoq, musobaqalashmoq.
-
Futbol komandalari oʻzaro astoydil kurashmoqda. Ertaga eng zoʻr shaxmatchilar kurashadilar.
-
Suron zoʻraydi, [tortishuvchilar] yana turib, hansirab, tortishuvni davom ettiradilar. Kuch sinashda har ikki tomon astoydil kurashdi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Biror narsaga erishish, biror maqsadni roʻyobga chiqarish uchun harakat qilmoq, faoliyat koʻrsatmoq.
-
Ochilgan qoʻriqlar yana ham koʻrkam va muhtasham boʻlishi uchun kurashaylik. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Fabrikamizda ilgʻorlar juda koʻp, ular ham mahsulot koʻlami uchun, ham sifati uchun kurashadilar. Gazetadan
4. Biror kimsa yoki narsaga faol qarshilik koʻrsatmoq, uni yengish yoki yoʻq qilish uchun chora koʻrmoq, harakat qilmoq, tirishmoq, olishmoq.
-
Jabr-zulmga qarshi, huquqsizlikka qarshi kurashmoq kerak. Oybek, Hur qidirib
-
Boʻron vaqtida ham, boʻron toʻxtaganda ham bitmas-tuganmas gʻayrat va jasorat namunalarini koʻrsatib, tabiat ofatiga qarshi kurashdilar. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Jinoyatlarga qarshi kurashish va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni tugatish eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Gazetadan
5. Jang qilmoq.
-
Toʻpchilarimiz sarosimaga tushmay, oʻz pozitsiyalarida mahkam turib, qahramonlarcha kurashdilar. Gazetadan
Kuramoq feʼlining birgalik nisbati.
-
Bolalar kun boʻyi tomlardagi va hovlidagi qorlarni kurashdi.
KURASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУРАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kurash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar