kurashchi
bilan ulashing
1. Kuchi va epchilligini namoyish qilish maqsadida kurash bilan shugʻullanadigan, kurash tushadigan shaxs, sportchi.
-
Ikkovi, goʻyo usta kurashchilarday, bellarini egib, boʻyinlarini bir-birining yelkasiga qoʻyganlari holda, ayiqday tebranishib, davrani aylandilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Oʻz maqsadi, gʻoyasi yoʻlida faol harakat qiladigan, bunga monelik qiluvchi gʻovlarni yengish uchun olishuvga, hatto dushmanga qarshi jang qilishga ham tayyor boʻlgan shaxs.
-
Ahmad Sobirni isyonkor, hayotdagi bir xillikka, rangpar va turgʻun muvozanatga qarshi kurashchi sifatida tasavvur qilgandi. F. Musajonov, Himmat
-
Hamyoni zoʻrlarning hokimiyatini parchalashga bel bogʻlagan kurashchilarga tabiiy bir ichki intilish bilan yaqinlashdi. Oybek, Tanlangan asarlar
KURASHCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУРАШЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kurashchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar