tarmoq
bilan ulashing
1. Asosiy yoʻl, oqim va shu kabilardan boʻlinib, ajralib chiqqan qism; shoxobcha.
-
Temir yoʻl tarmoqlari. Daryo tarmogʻi.
-
Bu pastak togʻ Fedchenko muzlik togʻlarining tarmoqlaridan biri boʻlib, mahalliy aholi tomonidan Muzloq togʻ deb atalardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Dastavval bosh soqadan boshlab katta anhorlar, soʻngra uning tarmoqlari qazilardi. J. Sharipov, Xorazm
2. Asosiy tashkilot yoki birlashma shoxobchasi.
-
Aloqa tarmoqlari. Maorif tarmoqlari.
-
Haligi xat bahona savdo tarmoqlari va sanoat korxonalarida boʻldik. Gazetadan
-
Tez tarmoq yoymoqda boʻlgan maorif: son-sanoqsiz maktablar, internatlar, kattalar uchun kechki kurslar, bir oz boʻlsa ham oʻqigan odamlarga muhtoj edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. Fan-texnika, qishloq xoʻjaligi va shu kabilarga oid soha, sohalar.
-
Xoʻjalikning muhim tarmoqlari. Fan va texnika tarmoqlari. Qorakoʻlchilik respublika chorvachiligining muhim tarmoqlaridan biridir.
-
Bu yerda gʻalla bilan chorva asosiy tarmoq hisoblanadi. Sharq yulduzi
tarmoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tarmoq yoymoq
-
Shu muddaoni adabiyotimizda hujjatli asarlarning keng tarmoq yoyganligi sabablari toʻgʻrisidagi gapdan boshlasak. N. Safarov, Jasoratning davomi
TARMOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАРМОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tarmoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar