taroq
bilan ulashing
1. Soch, soqol tarash uchun ishlatiladigan, yogʻoch, metall, suyak va shu kabilardan yasalgan tishli buyum.
-
Shamshod taroq. Temir taroq. Mayda tishli taroq.
-
Talʼat shimining choʻntagidan taroq olib, sochini tekislarkan, tagʻin jilmaydi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Matoga bosiladigan shu nusxadagi naqsh, taram-taram gul.
-
Jonoqi olmalarning ikki betidagi naqsh Margʻilon atlasining mayda taroqlarini eslatadi. S. Akbariy, Shodlik davomi
3. tex. Dastgoh, moslama va shu kabilarning narsalarni tarash yoki titish uchun xizmat qiladigan qismi.
-
Yigiruv dastgohining tarogʻi.
-
Bu yerning bola-chaqasi tili chiqib, avval bilgan soʻzi — arqoq bilan tarogʻ-u naycha bilan moki. A. Muxtor, Opa-singillar
TAROQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАРОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taroq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar