tarozi
bilan ulashing
Ogʻirlik oʻlchash asbobi.
-
Qoʻl tarozi. Pallali tarozi. Tarozi pallasi. Tarozida tortmoq.
-
Ochilvoy baliqtutning mahkamroq shoxiga qoʻl tarozi osib, paxtalarni peshma-pesh oʻlchab olishga tushdi. N. Aminov, Tillo tabassumlar
tarozi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Aql tarozisi bilan tortmoq (yoki oʻlchamoq)
-
Keyin dadamning ahvolini oʻylab, aql tarozisi bilan tortib koʻrib, taqdirga rozi boʻldim. Oybek, Tanlangan asarlar
Tarozi bosadigan
-
Ozgʻin mol goʻshti tarozi bosmas ekan. Mushtum
-
Tarozi bosadigan dalillar toʻpladi. S. Anorboyev, Oqsoy
Taroziga solmoq
-
Keling, soʻzlaringizni taroziga solaylik, puchmi yoki tosh bosadimi, darrov maʼlum boʻladi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Qori oʻzini taroziga solib, men bor, maktab bor., deb gerdayib yurar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
— Hadeb uni [qizni] taroziga sola bermang, xudo urdi-ketdi, — dedi sovchi. S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema
TAROZI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАРОЗИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tarozi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar