tarqal
bilan ulashing
1. Bir oʻrindan, bir toʻpdan turli tomonga qarab yoʻnalmoq, ketmoq.
-
Mehmonlar tarqaldi. Qoʻylar har tomonga tarqaldi.
-
Otabek eshikdan chiqqanda, Sodiqni koʻmib kelgan kishilar qurʼon oʻqib, tarqalmoqda edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Tevarak-atrofga yoʻnalmoq; yoyilmoq, sochilmoq.
-
Muattar hid butun uyga tarqaldi.
-
Qamalgan tutun juda sekin tarqalmoqda edi. Yoʻlchi nafasini rostlash uchun eshikka chiqdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bular — bulutlar, Eʼzozxon! Shu bulutlar tunda yigʻilib, kunduz tarqalib turibdi. H. Gʻulom, Mashʼal
3. Joylarga, kishilar orasiga kirib bormoq.
-
Faqat oʻtgan asrning oʻzidagina gripp epidemiyasi toʻqqiz marta tarqaldi. Fan va turmush
-
Kana — planetamizda keng tarqalgan jonivor. Fan va turmush
-
Maʼlumki, Eron va Oʻrta Osiyoda islomgacha asosan otashparastlik keng tarqalgan edi. OʻTA
4. Kishilar qulogʻiga yetib bormoq, shu tarzda maʼlum-mashhur boʻlmoq; yoyilmoq, bilinmoq.
-
U sarpolarning ovozasi butun Toshkentga boʻlmasa ham, shaharning yarmiga tarqalgan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bu xalqda keng tarqalgan ashula edi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Olmos botirning dovrugʻi hamma yoqqa tarqalibdi. Oltin beshik
5. Urchimoq, urchib koʻpaymoq.
-
Bu jallod joʻji-boʻji tuxumidan tarqalganga oʻxshaydi Oybek, Navoiy
6. koʻchma Arimoq, arib yoʻq boʻlmoq; yoʻqolmoq, ketmoq.
-
Karaxtligi tarqalmoq. Mastligi tarqalmoq.
-
Bosh ustida tutun tarqalar, goʻyo tutun emas, asta-sekin hasrat tarqalar edi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Uyqusi butunlay tarqalib ketgach, oʻzini juda tetik va bardam sezdi. F. Musajonov, Himmat
-
Laʼlining jununi tarqalgan boʻlsa ham, hali yaxshi sogʻayib ketmagan. H. Gʻulom, Mashʼal
TARQAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАРҚАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tarqal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar