tarqoq
bilan ulashing
1. Bir yerga gʻuj boʻlib toʻplanmagan, bir-biridan uzoq joylashgan.
-
Tarqoq uylar. Tarqoq soch. Tarqoq elementlar (kimyo).
-
U [Sohib] lapanglab oʻrnidan turdi, uyushgan tizzalarini uqaladi, tarqoq qogʻozlarini yigʻishtirib, yana oʻrniga oʻtirdi. Oybek, Navoiy
-
Bir guruh yuqori kurs studentlari turadigan bu uyda, xonalar kam va tarqoq boʻlgani uchun, vaxtyor oʻtirmas, har xonaning kaliti maʼlum bir joyga yashirib ketilardi. P. Qodirov, Uch ildiz
2. Yaxshi uyushmagan, birlashmagan; parokanda.
-
Vaholanki, bizda mavjud boʻlgan agrokimyo xizmati laboratoriyalari tarqoq hol-da ish koʻrib kelmoqda. Gazetadan
3. koʻchma Tarqalgan, sochilgan, parishon.
-
Tarqoq fikrlar.
-
Qiz sochiday xayoli tarqoq, Tosh ustida oʻy surar choʻpon. T. Toʻla
TARQOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАРҚОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tarqoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar