tarkib
bilan ulashing
1. Maʼlum bir butunlikni tashkil etuvchi qismlar, unsurlar majmui.
-
Soʻzning morfologik tarkibi. Suvning kimyoviy tarkibi.
-
Tuproq unumdorligi uchun uning tarkibida, avvalo, oʻsimlikka zarur oziq moddalar, shuningdek, suv, havo va issiqlik yetarli boʻlishi kerak. Fan va turmush
-
Yongʻoqning tarkibida moy, oqsil, uglevod, kislota moddalari behisob. J. Abdullaxonov, Oriyat
2. Jamoa, tashkilot va shu kabilarni tashkil etuvchi shaxslar majmui.
-
Komissiya tarkibi. Hukumat tarkibi. Sud hayʼati tarkibi.
-
Baʼzilar bu kema ekipajining tarkibida Durra Norni koʻrib ajablanishdi. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
tarkib soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tarkib topmoq
-
Kishilarimiz qorongʻi uylardan tarkib topgan qishloqlar-da yashaganlar. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Irmoqlar birlashib, daryolar hosil qilgani kabi, katta-kichik muvaffaqiyatlar jam boʻlib, ulkan yutuqlar tarkib topadi. Gazetadan
TARKIB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАРКИБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tarkib so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar