fikr
bilan ulashing
1. Biror narsa, hodisa yoki kimsa haqida oʻy, xayol.
-
Fikri ravshanning soʻzi ravshan. Maqol
-
Hanifaning fikri bir zumda ayqash-uyqash boʻlib qoldi. Saodat
-
[Puri] Tili bilan Fazliddinga har xil yoqimli soʻzlar soʻzlasa ham, fikri boshqa yoqlarda kezdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Biror narsaga nisbatan munosabatni, uni baholashni ifodalaydigan hukm, xulosa.
-
Yaxshini koʻrib, fikr qil, yomonni koʻrib, shukur qil! Maqol
-
Boring, qozingizni topib, oʻz fikringizni ayting. U. Ismoilov, Saylanma
-
U Boʻtayevning fikriga qoʻshila olmadi. Yoshlik
3. Biror masala, ish yuzasidan beriladigan taklif; maslahat.
-
Bu ish yuzasidan qanday fikr berasiz?
-
Mohira oyim eridan fikr soʻrash oʻrniga qiziga arz qiladir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Alamazon gazetadan Akbarning turkum sheʼrlarini oʻqib, fikr bildirgisi kelib qoldi. A. Obidjon, Akang qaragʻay Gulmat
4. Biror narsaga erishish, biror ishni amalga oshirish haqidagi niyat, maqsad.
-
[Salimboyvachcha] Gulnorning axloqsiz qiz ekanini oʻsha vaqtda fosh etishga jazm qilgan boʻlsa-da, bu fikridan darrov voz kechishga majbur boʻlgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qoʻrchiboshi uch tomoni devorday tik qoyatosh boʻlgan toqqa taxtiravon ishlatish fikridan qaytdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
5. Narsa va hodisalarni taqqoslab oʻrganish, mulohaza yuritish natijasi; toʻxtam, qaror.
-
Demak, erkaklar hamma narsa toʻgʻrisida oʻylab, bir fikrga kelishgan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Men oʻzim ham shu fikrga kelgan edim, — dedi Meʼmor. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Har qanday inson oʻz fikrini bildirib, qalbini yozishga haqli. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
-
Boshliq oʻz fikriga ega boʻlmasa, qoʻgʻirchoqqa aylanadi. Sharq yulduzi
6. Tushuncha, bilim; ong, aql.
-
Olamning tuzilishi haqidagi fikrimiz takomillashmoqda.
-
— Agar kishi aqlni, fikrni kitobdan olmasa, qayoqdan oladi? — dedi Elmurod. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Aqli, fikrining teranligini koʻzlari aytib turardi. S. Zunnunova, Olov
7. Jamiyat hayoti va tabiatni tushunish yoʻsini; dunyoqarash, maslak.
-
Otamning, ham oʻzimning qanday fikr va maslak kishisi ekanligimizni aytib oʻtmoqchi boʻlaman. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Uni oʻqidingizmi, insof bilan ayting, asarda qanday zararli fikr bor. Oybek, Nur qidirib
8. -cha (egalik qoʻshimchasi va affiksi bilan) krsh. s. vzf.
-
Aytilayotgan fikrning saysi shaxsga tegishli ekanligini bildiradi. Mening fikrimcha, vatanparvarlik tarixni oʻrganishdan boshlanadi. Fan va turmush
fikr soʻzi qatnashgan jumlalar:
Fikrga tolmoq (yoki ketmoq, choʻmmoq, shoʻngʻimoq)
-
Tashqariga chiqqandan keyin, [Kumush] ayvonning tumshugʻiga oʻtirdi va oʻng qoʻlining kaftiga yuzini olib, fikrga toldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Aflotun tanburni chalib, fikrga shoʻngʻibdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
[Otabek] Birmuncha vaqt fikrga ketib oʻtirgandan soʻng soʻradi A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Fikr yurgizmoq (yoki yuritmoq)
-
[Shoqosim:]Xotinimni ham kambagʻallik yiqitdi, bu yerdagi ogʻir ish nobud qildi. Bu tomonlarga andak fikr yurgizib, keyin gapiring, Yormat aka. Oybek, Tanlangan asarlar
Fikr olishmoq
-
Fikr olishuv natijasida ular shunday qarorga kelishdi: Hakimboyvachcha onasining arvohiga xatmi qurʼon qiladi. Oybek, Tanlangan asarlar
Fikriga tushmoq
-
Shundan keyin bir necha yor-doʻstlari, toʻy chiqimini oʻzaro ustlariga olishib, uni uylantirish fikriga tushdilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
FIKR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФИКР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
fikr so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar