figura
bilan ulashing
1. so‘zlashuv tili Gavdaning tuzilishi, bichimi; qaddi-qomat, jussa.
-
Figurasi nihoyatda chiroyli.
-
U qoʻgʻirchoqlar yasaydi suvenir figuralarning nodir kolleksiyasini yaratadi. Gazetadan
2. Muayyan harakat (raqs, havoda uchish, suvda suzish, konkida uchish va shu kabilar) ni bajarishda kimsa yoki narsa tomonidan hosil qilingan holat, vaziyat.
3. Shaxmat oʻyinida: piyodalardan boshqa asosiy sipohlar; qarta oʻyinida: tuz, qirol kabi asosiy qartalar.
-
Zuhra shaxmat figuralaridan koʻzlarini uzmasdi. Iboxon, Ulugʻ kun
4. shakl. Geometrik Simmetrik figura.
-
Alohida yoki bir-biri bilan turli kombinatsiyalarda olingan nuqta, chiziq va sirtlar geometrik figuralar hosil qiladi. Geometriya darsligi.
5. koʻchma Biror ish, soha, jabhadagi asosiy, hal qiluvchi, yetakchi siymo. Talim-tarbiya ishida oʻqituvchi bosh figura sanaladi.
-
Terimchi va mexanik-haydovchi paxta yigʻim-terimida markaziy figura, hal qiluvchi kuch-dir. Gazetadan
FIGURA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФИГУРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
figura so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar