ravoq
bilan ulashing
1. Binoning old tomondagi, peshtoq va ustunlar bilan bezatilgan qismi.
-
Bogʻga kirilgandan keyin toʻgʻridagi yangi oʻrdaning darvozasi, muhtasham toq va ravoqlar koʻzni qamashtirar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Peshayvon peshtoqidan, Toqilar ravoqidan Chirt uzildi bir uya. T. Toʻla, Asarlar
2. Hashamatli bino; saroy, qasr.
-
Oʻzganing toq-u ravoqidan oʻzingning ayvoning yaxshi. Maqol
-
— Mening davlatim xonlarning davlatidan kam emas, deb qiziga yaxshi joylardan ark-u ravoq qilib, chiroyli qizlardan qirq kanizak qilib berdi, — dedi Oqishboy. Usmon baxshi Mamat oʻgʻli, Boʻtakoʻz
3. bnk. Tokcha va toqning mehrob shaklida birlashgan yuqori qismi.
4. Hovli yoki bogʻ oʻrtasida tepasi yopiq qilib taxtadan ishlangan oynaband uy.
RAVOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАВОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ravoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar