ravon
bilan ulashing
1. Bir tekisda va toʻxtovsiz boradigan yoki borayotgan, silliq.
-
Ravon harakat. Mashina ravon ishlayapti. Gʻoʻzalar ravon oʻsmoqda.
2. Bir tekisda, tinch oqayotgan.
-
Ravon suv. Obi ravon. Uning koʻz yoshi ravon.
-
Toʻlqinlar shovullar, soʻng oqar ravon, Tutashgan besh dengiz, oʻnlab daryolar. X. Rasul
-
Kechasi charx-palak yangi joyga koʻchirildi va tongotarda dashtga bir joʻyak suv ravon oqdi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Kemalar ravon oqib ketishdi. Mirmuhsin, Temur Malik
3. Toʻgʻri va tekis (yoʻl haqida).
-
Ravon yoʻl. Yomon yoʻldosh yov boʻlar, ravon yoʻlda gʻov boʻlar. Maqol
-
Hamma yoq serqatnov, ravon yoʻl, hamma yoq adil imoratlar, qasrlar, bogʻlar, fontanlar H. Gʻulom, Zamin yulduzlari
4. Mantiq va uslub jihatidan puxta va silliq, bir-biriga yaxshi bogʻlangan.
-
Ravon sheʼr. Ravon uslub. Uning nutqi ravon. Ravon oʻqimoq.
-
Adolat sheʼrni ravon, chiroyli oʻqidi. S. Zunnunova, Olov
-
Nutqi ravon bolalarning baholari, koʻpincha, yuqori boʻladi. Saodat
-
Muharram ravon gapirardi. Uning bunday nutqni birinchi marta soʻzlamayotganligi koʻrinib turardi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Yangi yerda yangi chaman yaratgan qizlar, Yangramoqda yangi, ravon kuylaringiz-a! T. Toʻla
5. koʻchma Silliq, bir tekis.
-
Ha, hayot ravon emas, Bordir past-u balandi Shu fikrga kelganda, Yana bob tugallandi. A. Muxtor, Asarlar
-
Aql va baxt birlashsa, insonning hayot yoʻli ravon boʻladi. Gazetadan
-
Biroq hayotning ravon yoʻlidan koʻra soʻqmogʻi koʻp. S. Karomatov, Oltin qum
6. Oson va bir tekisda harakatlanadigan, ishlaydigan.
-
Ravon eshik. Charxi ravon.
7. aynan Ravona.
-
Devning aslahasin Shakar oladi, Otlanib Shakarbek ravon boʻladi. Shirin bilan Shakar
ravon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ruhi ravon
-
Fidoyi xalqim oʻlsin tanda jonim, Boʻlib qurbon senga ruhi ravonim. J. Sharipov, Xorazm
-
Holimiz behad yomondur, kelmasang holim soʻrab, Ey meni xush mehribon, ruhi ravonim, qaydasan? Mashrab, Devon
Sarvi ravon
-
Ey sarvi ravon, nadur xayoling, Jon oʻrtadi vaʼdayi visoling. Nodira
-
Qading, ey gul, hayotim bogʻining sarvi ravonidur. Bobur
s.t. q. Rovon.
-
Ravon panjarasida oʻzini oftobga solib turgan musicha parillab uchib borib, koʻcha tomonga tortilgan elektr simiga qoʻndi. S. Zunnunova, Koʻk chiroq
-
Xayri undan javob kutmay, oy nuri tushib turgan ravon tomon yura boshladi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
RAVON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАВОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ravon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar