ravish
bilan ulashing
1. Ish-harakat, voqea-hodisa, jarayon va shu kabilarning borishidagi oʻziga xos xususiyat; yurish-turish tarzi.
-
Sekretar havoning ravishini, noz va qiliqlarini oldindan sezishga intilar edi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Har necha pok, porso ravish boʻlsang ham, oʻzingni tarif qilmagilki, hech kishi sening guvohligingni eshitmas. Gazetadan
2. Usul, tarz, yoʻsin, shakl.
-
Baʼzi yangilikdan soʻng, u pultda joylashgan sariq rangdagi tugmani bosib qoʻyardi — ular bir oz oʻtmay yozma ravishda yetib kelishi kerak. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
-
Sharq gʻazaliyotida goʻzallik oʻziga xos ravishda tarannum etiladi. Gʻ. Salomov, Tarjima nazariyasi
-
Boʻlayotgan gaplar biron joyda yozma ravishda qayd qilinmasin. S. Ahmad, Yulduz
3. tilshunoslik Ish-harakatning belgisini, paytini, oʻrnini, holatini, daraja va miqdorini bildiradigan soʻz turkumi.
-
Oʻrin-payt ravishi. Holat ravishi.
RAVISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАВИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ravish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar